Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA KUTUBXONA XODIMLARI KUNI NISHONLANDI
2021-05-21    1183

Bugun 21-may - O‘zbekistonda kutubxonachilar kuni sifatida nishonlanmoqda. Ushbu sana munosabati bilan Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida kichik tadbir o‘tkazildi. Unda universiteti rektori Akramjon Sultanmuradovich Yuldashev ishtirok etib, barcha kutubxona xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi.

Shuningdek, tadbir davomida uzoq yillar kutubxona xodimi sifatida faoliyat ko‘rsatib, hozirgi kunda nafaqada yurgan mehnat faxriylari bilan uchrashib ularga o’z esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Shundan so‘ng, kutubxona xodimlarining o‘ziga xos chiqishlari va bayram tilaklari tinglandi.

Tadbirning ikkinchi qismi sifatida Andijon davlat universitetining axborot resurs markazida xalqaro aloqalar bo‘limining yangi zamonaviy jihozlangan xonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xona universitetiga tashrif buyurovchi xalqaro hamkorlarni kutib olish, ular bilan keng muzokaralar va istiqbolli kelishuvlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.  

 

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.