Andijon Davlat
Universiteti
"GULISTON" MFYDA UYUSHMAGAN YOSHLAR UCHUN TO'GARAKLAR TASHKIL ETILDI
2021-05-20    815

Joriy yilning 19-may kuni Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti dekani boshchiligida universitet professor-o‘qituvchilari “Guliston” MFY xududidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabida uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuvdan asosiy ko‘zlangan maqsad MFYda istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlarni, maktabni bitiruvchi o‘quvchilarni ingliz va rus tillar bo‘yicha o‘qituvchilar, kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha to‘garak rahbarlari uchrashuvga jalb qilindi.

Yoshlar bilan uchrashuvda fakultet dekani R.Shamsitdinov tomonidan to‘garaklardan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, rus va ingliz tillarini puxta egallash yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, axborot texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini yaratish hozirgi zamon davr talabi ekanligini yoshlarga atroflicha tushuntirib berdi.

Uchrashuvda 11-sinf o‘quvchilari hamda uyushmagan yoshlardan tushgan savollarga batafsil javob berildi. Hamda rus tili, ingliz tili axborot texnologiyalari bo‘yicha, kasb-hunar to‘garak rahbarlari M.Xolmatova (tikuvchilik), F.Tursunov (payvandchi, chilangar), M.Turg‘unov (AKT), D.Kamolova (rus tili), A.Musayev, M.Baxritdinov (ingliz tili) fikrlari ham eshtildi va ular o‘z takliflarini bildirdi hamda to‘garak o‘tkazish kunlari o‘qituvchi va to‘garak rahbarlari tomonidan kelishib olindi.

Fakultet dekani R.R.Shamsitdinov tomonidan 22-umumta’lim maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Xabibova bilan bo‘lgan suhbatda maktab bitiruvchilaridan kam ta’minlangan, muxtoj oilalarning farzandlaridan, yani o‘qishga ishtiyoqi baland bo‘lgan, iqtidorli bitiruvchilardan 5 nafariga tarix fani bo‘yicha universitetga tayyorlash uchun bepul to‘garak tashkil qilish taklifi berildi.

Bundan tashqari, mahallada o‘quv ishlarini tashkil qilish, OTMlarga o‘qishga kirishida tayyorgarliklarida maslahatlarni tashkil qilish maqsadida dekan talabiga binoan A.Xabibovaga maktab bitiruvchilarining OTMlarga kirish foizlari bo‘yicha 3 yillik ma’lumotini tayyorlab berishini takidladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.