Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ SPORTCHISI XALQARO TURNIR G‘OLIBI
2021-05-20    662

Joriy yilning 11-15 may kunlari Rossiyaning Xabaroviskiy shahrida sportning boks turi bo’yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Ushbu sport musobaqasida 20dan ortiq davlatdan 100ga yaqin sportchi yoshlar ishtirok etdilar.

Ushbu xalqaro musobaqada Andijon davlat universiteti pedogogika fakulteti 3-kurs talabasi Tursunov Mujibilloh 63 vazn toifasida ishtirok etdi. Mujibilloh o‘z vazn toifasida rossiyalik, armanistonlik va qozog’istonlik raqiblarini yengib, final yo‘lanmasini qo‘lga kiritdi. Finalda kun chiqar yurt vakili Shunsuke Kitamoto bilan og‘ir kechgan baxsda sportchimiz g‘oliblikka erishdi va turnirning Oltin medali bilan taqdirlandi.

Qozonilgan g‘alaba bilan sportchimizni  va unga saboq bergan ustozlarini universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.