Andijon Davlat
Universiteti
“OILA, MAHALLA VA TA’LIM MUASSASASI” HAMKORLIGI DAVOM ETADI
2021-05-19    12100

Xabaringiz bor, “Oila, mahalla va ta’lim muassasasi” hamkorligi doirasida mahallalarda turli tadbirlar, sport musobaqalari, turli to‘garaklar faoliyatlari yo‘lga qo‘yilib ularda ko‘plab yoshlar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib faol qatnashmoqdalar. Xususan, Andijon davlat universiteti ham ushbu hamkorlik doirasida universitetga biriktirilgan mahallalarda sezilarli ishlarni amalga oshirib, uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar asosida qator tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun, 19-may kuni Andijon davlat universitetiga biriktirilgan “Sanoat” MFYda joylashgan “Kichkintoy” maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkazildi.

Ushbu maktabgacha ta’lim muassasasiga chet tillari fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tashrif buyurdilar. Dastavval “Kichkintoy” maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi bu yerda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirib chiqdi.

Shundan so‘ng, universitetimiz talabalari bolajonlar uchun o‘zlari tayyorlagan chet tillaridagi sahna ko’rinishlari va kuy-qo’shiqlarni namoyish etdilar. Ushbu tadbirda nafaqat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari balki “Sanoat” MFYda yashovchi kichik yoshdagi bolalar ham ishtirok etdilar.

Tadbir so‘ngida chet tillari fakulteti dekani Dilshodbek Rustamov so’zga chiqib, ushbu “Kichkintoy” maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlarni e’tirof etdi va hamkorlikni kelgusida ham davom ettirib, chet tillarini bolalarga o‘rgatish bo‘yicha alohida “English kids” to‘garagini “Sanoat” MFYda tashkil etish bo‘yicha taklifni ilgari surdi.

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.