Andijon Davlat
Universiteti
BAYRAM TABRIGI
2018-01-13    6327

Mustaqillik yillarida mamlakatimizning birinchi prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilgan harbiy islohotlar jarayonida qisqa muddat ichida O'zbekistonda mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, sarhadlarimizning dahlsizligini ishonchli himoya qilishga har jihatdan qodir bo'lgan zamonaviy qurol-yaroqlar va harbiy texnika bilan ta’minlangan mutlaqo yangi milliy armiyamiz vujudga keldi. Uning zamirida xalqimizning ming yillar davomida shakllangan qadimiy an'ana va qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurlarning vatanga bo'lgan muhabbati va yurtga sadoqati yotadi. Biz milliy armiyamiz bilan har qancha fahrlansak arziydi.


Bosh qomusimiz bo'lgan Konstitutsiyamizda mustaqilligimiz va tinchligimizni saqlash va himoya qilish masalalariga bag'ishlangan "Mudofaa va xavfsizlik" bobining 125-moddasida: "O'zbekiston Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti va hududiy yaxlitlik, aholining hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi", deb yozib qo'yilgan.


Milliy armiyamizga asos solinganining ilk yillaridayoq harbiy kadrlarni tayyorlash masalasiga katta e'tibor qaratildi. Hozirda Oliy harbiy ta'lim muassasalarida 28 ta mutaxassislik bo'yicha ofitser kadrlar tayyorlanmoqda. Qolaversa, harbiy kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida ham o'ziga xos tizimga asos solingan.


Har yili bayram arafasida Prezidentimizning farmoniga ko'ra o'z kasbining fidoyilari bo'lgan harbiy xizmatchilarimizning bir guruhi oltin medal va fahrli unvonlar bilan taqdirlanishi – harbiylarga qaratilgan davlatimiz va yurtboshimizning ulkan e'tiboridir. Bunga javoban mard, jasur yigitlarimiz o'z kasb mahoratlarini va malakalarini yanada oshirib, yurtimiz tinchligini ta'minlashdek sharafli ishda hamisha jonini fido qilib xizmat qilib kelishmoqda.


Yana shuni ham qo'shimcha qilishimiz mumkin-ki, ta'sis etilgan "Mard o'g'lonlar" medali ham vatanparvar, harakatchan, tirishqoq yigitlarimizning mehnatlariga munosib rag'batdir.


Jonini xatarga qo'ygan yurtimiz posbonlari BAYRAM MUBORAK!!!

Universitet "O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi" matbuot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.