Andijon Davlat
Universiteti
MAHALLA VA TA’LIM MUASSASASI HAMKORLIGINING YANGI BOSQICHI
2021-05-19    1252

Bugungi kunda mamalakatimizda yoshlarni barkamol bo‘lib voyaga yetishi, ularni iste’dod va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilda “Mahalla, oila va ta’lim muassasasi hamkorligi doirasida Andijon davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti tomonidan Andijon shahridagi “G‘ayrat” MFYda yoshlarni musiqa, tasviriy san’at va san’atning boshqa turlariga qiziquvchi yoshlari uchun bepul san’at to‘garaklari tashkil etildi. Ushbu to‘garaklarda mahallaning 50dan ortiq yoshlari tasviriy san’at, musiqa yo‘nalishlari bo‘yicha xonandalik (rahbari J.Mo‘ydinov), cholg‘u ijrochiligi (rahbari Q. Toshtemirov), tasvir (rahbari A.Mahmudov), muhandis (rahbari H.Ismonov), ijodkor (rahbari Sh. Bekmuratova) kabi ijodiy to‘garaklarda universitetining mahoratli ustozlaridan saboq olmoqdalar. 

Kuni kecha mahallada tashkil etilgan to‘garaklar holatini o‘rganish shuningdek, mahalla raisi bilan hamkorlikning yangi bosqichini kelishib olish, yoshlar talab va istaklarini o’rganish maqsadida Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev “G‘ayrat” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitet rektori mahallada tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishib, mahalla yoshlari bilan samimiy muloqot olib bordi.

Suhbatlar davomida yoshlarning yana qo’shimcha to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflari tinglandi va ushbu to‘garaklarni tashkil etish bo‘yicha San’atshunoslik fakulteti dekaniga kerakli ko‘rsatmalar berildi.  

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.