Andijon Davlat
Universiteti
BOLA KAMOLOTIDA HAMMAMIZ MAS’ULMIZ
2021-05-18    927

Andijon davlat universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani Z.E.A’zimova va fakultet professor o’qituvchilari boshchiligida “Oilalarda bugungi kunga shukronalik, tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, uni asrab-avaylash, ogohlik va hushyorlikka chaqirish hamda yot g’oyalarga qarshi kurashish” yuzasidan davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

 

Jumladan, joriy yilning 17-may kuni “Navro’z” MFY hududida joylashgan 32-umumta’lim maktabi direktori Z.Ahmedovaga Maktabgacha  ta’lim fakulteti dekani Z.E.A’zimova maktab o’quvchilari orasida tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlash, ularni hayotga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, shu toifadagi o’quvchilar bilan individual ishlash bo’yicha o’zining uslub va tavsiyalarini berib o’tdi. Bu borada fakultetda faoliyat olib borayotgan har bir professor o’qituvchilar mas’ul ekanini hamda maktab jamoasi bilan muntazam aloqalar o’rnatilishini aytib o’tdi.

 

Z.E.A’zimova boshchiligida o’tkazilgan davra suhbatlari so’ngida San’atshunoslik fakulteti bilan hamkorlikda musiqiy kecha tashkillashtirildi. Musiqiy kechada yig’ilganlar e’tiboriga turli qo’shiq va ashulalar taqdim qilindi. Tadbirda MFY faollari, hududda istiqomat qilayotgan uyushgan va uyushmagan yoshlar ishtirok etdi va bundan barcha mamnun bo’ldi.

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.