Andijon Davlat
Universiteti
YURT TARAQQIYOTI YO’LIDA UNIVERSITET VA MAHALLA BIRLASHUVI
2021-05-18    943

Bugungi kunda “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi doirasida bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda. Tarix fakultetiga Andijon shahridagi “Guliston” MFY biriktirilgan bo‘lib, joriy yilning 12 may kuni “Guliston” MFY va fakultet o‘rtasida maxalladagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” kiruvchi fuqarolarning muammolarini o‘rganish, ularga ko‘mak berish, MFY da ma’naviy tadbirlarni o‘tkazish, 5 ta muhim tashabbus doirasida fakultet talabalari va mahalla yoshlari o‘rtasida sport, kitobxonlik, zakovat musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha MFY raisi A.Xasanov va fakultet dekani R.Shamsitdinovlar tomonidan chora –tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, doimiy hamkorlik aloqalari o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.

 Rejaga muvofiq 2021 yil 17 may kuni fakultet dekani R.Shamsitdinov, dekan o‘rinbosari I.Djumaboev, MFYga biriktirilgan ma’sul O.Nurmatovlar “Guliston” MFYda uchrashuv o‘tkazdilar.  Uchrashuvdan asosiy ko‘zlangan maqsad MFYda istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlarni, maktabni bitiruvchi o‘quvchilarni  ingliz va rus tili,  kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha to‘garaklarga jalb qilish va bandlik muammosi, ayniqsa ayollarni ish bilan ta’minlash asosiy maqsad qilib olindi.

Mahalla oqsoqollari  va yoshlar bilan uchrashuvda to‘garaklardan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Davlat siyosatini yig‘ilish qatnashchilari mahalla nuroniylari va yoshlariga fakultet dekani tomonidan atroflicha tushuntirib o‘tildi.  Maxalla yoshlariga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida ingliz va rus tilidagi to‘garaklarni MFY binosida, kasb-xunarga o‘rgatish bo‘yicha, ya’ni axborot texnologiyalarini o‘qitish, tikuvchilik, elektr payvandlash, chilangarlik kasblariga o‘rgatish universitetda mavjud imkoniyatlardan foydalanish, to‘garaklar faoliyatini jonlantirish uchun mahalla oqsollari yordami benixoya katta ekanligi, bu xabarlarni barcha xonadonlarga yetkazish, uyushmagan yoshlarni jalb qilish bo‘yicha fakultet jamaosi va maxalla faollari bilan kelishib olindi.  

To‘garaklarga yoshlarni jalb qilish bo‘yicha MFYda mavjud 23 ta ko‘chaga maxsus e’lonlar yopishtirildi, MFY xududidagi “Uyg‘ur” masjidida  to‘garaklar tashkil etilgani e’lon qilindi. 

Eng asosiysi “Ayollar daftari”da turuvchi 3 nafar ayollarga, ya’ni Solieva Salomatxon, Musaeva Zuxraxon va Sodiqova Muxabbatxonlar ish so‘rab qilgan murojaati shu kunning o‘zida fakultet dekani R.Shamsitdinov tomonidan Andijon shahrida yaqinda faoliyat boshlagan “Navruz Mall”  savdo markazida ish bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam berdi. Ayollar shu kunni o‘zida ish bilan ta’minlandilar.

Hamkorlik va amaliy ishlar orqali Guliston MFY aholisi, ayniqsa yoshlar hamda ayollar muammolarining yechimini topish bosh mezondir.

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.