Andijon Davlat
Universiteti
MAHALLA FAROVONLIGI ISTIQBOLIMIZ GAROVI
2021-05-17    785

Joriy yilning 17-may kuni Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev boshchiligida uyushgan va uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish, ilm-fan, sport, san'at va adabiyotga qiziqtirish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, bandligini ta'minlash borasida joylarda uchrashuvlar, davra suhbatlari  bo'lib o'tdi.

Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani T.Madumarov mas’ulligi ostida Yorboshi MFY raisi M.Sotqinov bilan uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuvda Yorboshi MFYda istiqomat qiluvchi yoshlarni til o'rganishga jalb qilish maqsadida ingliz tili, rus tili o'quv kursi faoliyatini yo'lga qo'yish, uyushmagan yoshlarni ham kasb-hunarga yo’naltirish va shu bilan birgalikda oilalarda bugungi kunga shukronalik, tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish va yosh oilalarda bo'layotgan ajralishlarni oldini olish maqsadida ularga malakali psixologlar biriktirilishi rejalashtirildi.

 Shuningdek, shu yerning o’zida Yorboshi MFY maslahatchisi M.Nizomova murojaat bilan kelgan fuqarolarga yordam va takliflar ko’rsatib, ularning muammolariga ko’mak berdi. Uchrashuvda mahalla yoshlarining sport bilan shug’ullanishiga ham alohida e’tibor qaratildi va turli xil sport to’garaklariga yoshlarni yanada jalb qilish ishlari ko’rib chiqildi.

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.