Andijon Davlat
Universiteti
ORTIQXOJIOTA XONADONIGA TASHRIF
2021-05-09    574

Yurt tinchligi, osoyishtaligi uchun ikkinchi jahon urushida qonlar yutib, fashizm ustidan gʻalaba qozonishga hissa qoʻshgan faxriylarni qadrlash, oʻtganlarini yod etish, ularning qahramonliklarini yosh-avlodga yetkazish burchimizdir!

 

2021-yil 9-may kuni Andijon davlat universiteti tarix fakulteti talabasi O.Mirzaxalilova hamda Ulugʻnor tumani XTB xodimlari bilan birgalikda  Ulugʻnor tumanida istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Asqarov Ortiqxojiota xonadoniga tashrif buyurdilar!

 

Ortiqxojiota Asqarov 15-yanvar kuni 97 yoshni qarshi oldi. O.Asqarov betobligi sabab uning oʻgʻli tomonidan urush yillaridagi qiyinchiliklar, gʻalaba uchun olib borilgan kurashlar haqida har bir inson mustaqillikni qadriga yetishi kerakligi haqida takidlab oʻtdi!

Universitetimiz talabasi va Ulugʻnor tumani XTB xodimlari ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ortiqxojiota Asqarovga bayram sovgʻalarini topshirishdi.

AXBOROT XIZMATI
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.