Bugun, 11-may kuni Andijon davlat universiteti bitiruvchi yoshlari hamda Andijon viloyati Paxtaobod va Bo’ston tumani hokimlari o’rtasida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning innovatsion g’oyalarini yanada takomillashtirib, amalga tatbiq etish maqsadida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Bo’ston tumani hokimi S.Mamitova yoshlar bilan fikr almashib, ularning g’oya va takliflarini namoyon etishga, qo’llab-quvvatlashga o’z hissasini qo’shishini aytdi. Har bir bitiruvchi yoshlarning fikr va e’tirozlarini inobatga olgan holda, ularning kelgusidagi rejalariga shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berishni o’z zimmasiga oldi. S.Mamitova yoshlarga o’zining tajribalaridan kelib chiqqan holda maslahatlar berdi. Uchrashuv erkin muloqot tarzda tashkil etildi va yoshlarning qiziqishlarini yana bir karra oshirdi.
Shuningdek, Paxtaobod tumani hokimi M.Bozorov ham bitiruvchi yoshlar bilan erkin suhbat tarzda uchrashuv tashkil etdi. Uchrashuvga hokim bilan birgalikda Paxtaobod tumani XTB boshlig’i hamda DMTM rahbari tashrif buyurdi. Yoshlar hokim bilan ochiq muloqot o’tkazib, o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Uchrashuvda yoshlarning bandligini ta’minlash masalasiga ham alohida urg’u berib o’tildi. Paxtaobod tumanida istiqomat qiluvchi Andijon davlat universitetining bitiruvchi talabasi o’zining taklif va shikoyatlari bilan hokimga murojaat qildi va shu yerning o’zida bu masala hal qilindi. M.Bozorov yoshlarning g’oya va takliflarini eshitib, ularning shijoatidan mamnun bo’ldi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI