Andijon Davlat
Universiteti
XARBIYLAR XALQ BILAN BIRGA MARAFONDA
2018-01-13    8342

Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining 26 yilligi hamda “Vatan ximoyachilari kuni” munosabati bilan “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida katta marafon musobaqasi tashkil etildi. Viloyatdagi xarbiy qismlar, O‘zbekiston mudofasiga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkilotining Andijon viloyati bo‘limi kursantlari, Oliy o‘quv yurtlarining talabalari,  o‘rta maxsus, xalq ta’limi muassasalarining  o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan bu marafon juda katta to‘ranki ruxda tashkil etildi.  

Musobaqalarda dastlab xarbiylar,  va kursantlar start oldilar. So‘ngra Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi  maktablar hamda bolalar va o‘smirlar sport maktablarining o‘quvchilari start oldilar.

Baxslar O‘rta maxsus ta’limi muassasasi o‘quvchilari o‘rtasida davom etdi. 100 lab yoshlar g‘olib bo‘lish uchun start olib, finish sari yugurdilar.  So‘ngra Oliy ta’lim muassalari talabalari musobaqani davom ettirdi.  Albatta o‘z maxarotani to‘liq namoyon etgan yoshlar finish chizig‘ini birinchilardan bo‘lib  bosib o‘tdi.  Albatta quvonarlisi talabalar orasida bizning Andijon davlat unversiteti talabalari xam ommaviyviy tartibda ishtirok etishdi.

Andijonning barcha oliy ta’lim muassasalari orasida bizning talabalarimiz kuchlik ekanini isbotlashdi va g‘oliblikni o‘z qo‘llarida ushlab qolishdi.  

Marafon baxslari yakuniga yetib g‘oliblar aniqlangandan so‘ng taqdirlash marosimi Andijon olimpiya zaxiralari kollejida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Andijon viloyati xokimi Shuxratbek Abduraxmonov ochib berdi, barchani  “Vatan xioyachilar kuni” bilan qutlab, marafon g‘oliblarini tabrikladi.  Bu tadbirlardan asosiy maqsad  xarbiylarni xalq bilan birlashtirish ekanini va bu say xarakatlar  o‘z samarasini berishini ta’kidladi.

Tadbirda  bugungi kunda qurolli kuchlarimiz foydalanib kelayotgan qurol-aslaxalar, xarbiy texnika vositalari ko‘rgazmasi xam tashkil etildi.  

Tadbir davomida marafon g‘olib va sovrindorlari Andijon viloyati xokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Viloyat kasaba uyushmasi birlashmalarining sovg‘alari va  diplomlar bilan taqdirlandilar.

Shundan so‘ng tadbir sport turlari bo‘yicha sportchilarning chiqishlari va  vatanimiz bosbonlari bo‘lgan xarbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari barchani xayratga soldi. So‘ngra xonandalarning ko‘y-qo‘shiqlari  tadbirga o‘zgacha bayromana kayfiyat ulashdi.

Xarbiylar, yoshlar, o‘quvchilar, talabalar  va xalq bilan birga o‘tkazilgan marafon juda katta ko‘tarinki ruxda tashkil etildi. O‘yllaymizki bunday marafonlar yoshlar qalbida vatanga bo‘lgan muaxabbatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Marafon g‘oliblari:

Qizlar o‘rtasida:

1-o‘rin - Muzaffarova Gulnigor - Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy tarbiya - 204- gurux 

2- o‘rin - Anorboeva Dilnoza - Xotin-qizlar sporti - 103- gurux

3-o‘rin - Erkinova Gulsanam - Xotin qizlar sporti - 204- gurux

 

O‘g‘il bolalar  o‘rtasida:

1-o‘rin - Rustamov Azizbek - Jismoniy madaniyat - 105- gurux

2-o‘rin - Xandamov Xasanboy - Andijon qishloq xo‘jalik instituti

3-o‘rin - Karimov Javoxir - Jismoniy madaniyat -101- gurux

D.S.KURBANOVA
Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o‘qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.