Andijon Davlat
Universiteti
"OLIM VA YOSHLAR" UCHRASHUVI O'TKAZILDI
2021-04-23    857

Joriy yilning 23-aprel kuni, Tabiiy fanlar fakulteti Ekologiya va botanika kafedrasining tashabbusi bilan "Olim va yoshlar" mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Botanika instituti "O‘zbekiston florasi" laboratoriyasining mudiri, biologiya fanlari doktori Tojibaev Komiljon Sharobiddinovich onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, mazkur ilmiy dargohning yetakchi ilmiy xodimi, biologiya fanlari doktori Karimov Farhod Isomiddinovich, shuningdek Ekologiya va botanika kafedrasi tayanch doktorantlari, magistrlari hamda Ekologiya ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari ishtirok etdilar.

Akademik  Tojibayev Komiljon Sharobiddinovich botanika fanining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan endemizm mavzusida qiziqarli ma’ruza qildi. Uchrashuv davomida kafedra magistrlari va iqtidorli talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar. “Bunday uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazib turilishi yoshlarni ilm-fanga, zamonaviy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, yangiliklarga intilishlarida, yuksak natijalarga erishishlarida motivatsiya bo‘ladi” deydi Ekologiya va botanika kafedrasi mudiri, biologiya fanlari nomzodi, dotsent Noralieva Nasiba Mamanovna.    

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.