Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-extirom koʻrsatish xalqimizga xos ezgu fazilatlardir. Yurtimizda nuroniy insonlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, turmush sharoitini yaxshilash, salomatligini yaxshilashga yurtboshimiz tomonidan yuksak eʼtibor qaratilmoqda. Nuroniylarga har tomonlama hurmat va ehtirom koʻrsatish barchamiz uchun farzdir.
Joriy yilning 22-aprel kuni Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti 301-guruh talabalari tashabbusi bilan fakultet dekani R.Shamsitdinov, fakultet dekan oʻrinbosari I.Djumaboyev, boshlangʻich Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Radjabovalar rahbarligida “Mehr ulashamiz” aksiyasi tashkil etildi. Aksiyada fakultet o'qituvchilari, talabalari faol ishtirok etib, oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Fakultet dekani R.Shamsitdinov boshchiligida fakultet boshlangʻich Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Radjabova, 301-guruh murabbiyi M.G'aniyeva hamda 301-guruhning faol talaba-yoshlari Andijon «Saxovat» keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyiga karantin qoidalariga amal qilgan holda tashrif tadbirini amalga oshirdilar.
Tadbir tashkilotchilari nuroniy otaxon va onaxonlarga koʻngillarni xushnud etuvchi dil soʻzlari hamda Tarix fakulteti tomonidan tashkil etilgan esdalik sovgʻalari taqdim etib, nuroniylarni mamnun etdilar. Nuroniy otaxon va onaxonlar Tarix fakulteti rahbarlari hamda barcha talabalariga oʻzlarining cheksiz minaddorchiliklarini izhor etdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI