«Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy.
Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.
Bugun, 21-aprel kuni yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, ular ma‘naviyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvar etib tarbiyalash, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Ichki ishlar vazirligining Andijon akademik litseyida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti Andijon viloyat kengashi bilan hamkorlikda “Kitobsiz - kelajak yo‘q” shiori ostida “Yosh kitobxonlar” kitobxonlar bellashuvi tashkil etildi.
Ushbu tanlovda Ichki ishlar vazirligining Andijon akademik litseyining 1-kurs talabalaridan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi. Ular 5 shart asosida bellashdilar.
Jamoalarni chiqishlarini tajribali hakamlar ha’yati va ekspertlar guruhi adolatli baholab bordi.
Tanlovning yakunlariga ko’ra, Ichki ishlar vazirligining Andijon akademik litseyi Ijtimoiy gumanitar yo’nalishining “Qalqon” jamoasi 3-o’rinni, “Kursantlar” jamoasi esa 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Bobur izdoshlari” jamoasi tanlov g‘olibi deb topildi.
Tanlov yakunida g‘olib jamoalarga Andijon davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani yuridik fanlar doktori, professor Talantbek Madumarov diplom va estalik sovg’alarini topshirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI