Bugun, 19-aprel kuni Andijon davlat universitetining 4-5 son talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan chet tillari fakulteti dekani, dekan o‘rinbosari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda fakultet dekani Dilshodbek Rustamov Prezidentimizning O‘zbekiston yoshlariga qilgan murojaatining mazmun-mohiyati hamda davlatimiz rahbarining bugungi kunda yoshlarga berayotgan e’tibori haqida so‘zlab, talabalarga bu haqida to‘liq tushuntirdi.
Shuningdek, tadbirda barcha dekan o‘rinbosarlari respublikamiz, viloyatimiz hamda universitet rahbariyatining bugungi kundagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va bu borada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar to‘g‘risida yoshlarga tushuntirib o‘tdilar.
Tadbirda talabalar o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar va o‘zlarining qiziqtirgan savollariga yetarli javoblar oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI