Bugun, 19-aprel kuni Andijon davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi yetakchisi O.Olimjonov va barcha fakultet yetakchilari Jismoniy madaniyat fakultetiga targ'ibot ishlari maqsadida yig'ildilar. Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri, sport klubi raisi Sardorbek Yo'ldashev hamda fakultet yetakchisi M.Xalimov, Yoshlar Ittifoqi Kengash a'zolari va guruh yetakchilari bilan ochiq muloqot o'tkazdi.
Ochiq muloqotda olib borilayotgan yoshlar siyosati bo‘yicha talabalarning fikr-mulohazalari va takliflariga e’tibor qaratildi. Ularga jamiyatdagi bo'layotgan islohotlar, Prezident saylovoldi harakatlaridagi yoshlarning o'rni, siyosiy bilimdonligi haqida fikrlar aytib o'tildi.
Muloqot so'ngida har bir fakultet yetakchilari o'zlarining fakultetidagi yutuqlari hamda shart-sharoitlar bilan o'rtoqlashdilar. Yoshlar Ittifoqi barcha yoshlarni birdek qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi. Bugungi ochiq muloqot savol-javob, takliflarga boy tarzda bo'lib o’tdi. Jismoniy ma'daniyat fakulteti talabalari hamda fakultet yetakchilarida katta taassurot qoldirdi. Bu kabi yoshlar darsi barcha fakultetlarda qizg'in davom ettirilayotgani talaba-yoshlarga bo'lgan e'tibor va shart-sharoitlarning amaliy ifodasi hisoblanadi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI