Andijon Davlat
Universiteti
FILOLOGIYA FAKULTETI YOSHLAR ITTIFOQI BOSHLANG'ICH TASHKILOTI TARGʻIBOTIGA MEZBONLIK QILDI
2021-04-15    1074

Universitetimiz talabalari orasida tashkilotchi, ilgʻorlarini aniqlash, yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, oʻzaro fikr almashish va Yoshlar Ittifoqi imtiyozlari va qulayliklari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilayotgan "Yoshlar soati" bugun Filologiya fakultetida boʻlib oʻtdi.

Andijon davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi yetakchisi O. Olimjonov boshchiligidagi fakultet yetakchilaridan iborat targʻibot guruhi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvni Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari A. Ergashev ochib berdi. Har bir fakultet yetakchilari oʻzlari erishgan yutuqlari, Ittifoq doirasida tashkil etilgan tanlovlar va kelgusidagi rejalar haqida soʻz yuritdilar. Xususan, tabiiy fanlar fakulteti yetakchisi Muhiddin Noʻmonjonov talabalarni dorivor oʻsimliklar bilan shugʻullanuvchi jamoaga, jismoniy madaniyat fakulteti yetakchisi sportning turli yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklarga taklif qildilar.

Chet tillari fakulteti yetakchisi Odilova Gulchiroy oʻz soʻzini maxsus psixologik mashgʻulot bilan boshlab, yutuqlariga erishish yoʻlida qilgan harakatlari haqida talabalarga maʼlumot berdi. Uchrashuv davomida maktabgacha taʼlim fakulteti bilan applikatsiyalar yasash , chet tillari fakulteti bilan ingliz tili, sanʼatshunoslik fakulteti bilan fortepiano va gitara darslari oʻtkazilishiga kelishib olindi. Fakultet yetakchisi Naimaxon Toʻxtasinova talabalar nomidan minnatdorchilik bildirib, oʻzaro hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.