Andijon Davlat
Universiteti
SPORT - SOG'LIK GAROVI
2021-04-14    1136

Joriy yilning 30-31-mart kuni Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetining sport maydonida sportning "Yengil atletika" turi bo‘yicha Navro‘z bayramiga bag‘ishlab fakultetining barcha talaba yoshlari o‘rtasida musobaqa o’tkazildi. Musobaqada Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi va Xotin-qizlar sporti yo‘nalishlaridan jami 150 nafar talabalar ishtirok etdi. Erkaklar 30-mart kuni, ayollar 31-mart kuni musobaqalashdi. Musobaqa qizg‘in va yuqori kayfiyatda o'tkazildi. Musobaqa qatnashchilari jamoaviy tur bo‘yicha bellashdilar. Musobaqada g‘olib jamoalar taqdirlandilar. Har bir jamoa g‘oliblik uchun kuch va imkoniyatlarini namoyon etdilar.

Erkaklar o‘rtasida 100 metrga yugurishda 1-o‘rinni 113-guruh talabasi N.Rasulov egallagan bo‘lsa, guruhlar o‘rtasida esa bir xil natija ko‘rsatib faxrli 1-o‘rinni 101-guruh talabasi  D.Saidvaqqosov hamda 102-guruh talabasi J.Tojiboev egalladi. 2-o‘rin 302-guruh talabasi Q.Komiljonovga, 3-o‘rin 202-guruh talabasi A.Sultonmurodovga nasib etdi. Erkaklar o‘rtasida 4x100 metrga estafeta yugurishda 1-o‘rinni 101-guruh jamoasi va 2-o‘rinni 102-guruh jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3-o‘rin esa 106-guruh talabalariga nasib qildi.

Ayollar o‘rtasida 100 metrga yugurishda 1-o‘rinni 103-guruh talabasi N.Asadova egallagan bo‘lsa, 2-o‘rinni esa 304-guruhdan O.Narimonova egalladi. Guruhlar o‘rtasida xuddi shu masofaga yugurishda 1-o‘rinni 203-guruh talabasi F.Ne'matova sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 2-o‘rinni 116-guruh talabasi N.Komiljonova qo‘lga kiritdi. Bir xil natija ko‘rsatib faxrli 3-o‘rinni egallagan 119-guruh talabasi  M.Mamirova,  208-guruh talabasi N.Ergashova g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Ayollar o‘rtasida 4x100 metrga estafeta yugurishda 1-o‘rinni 104-guruh jamoasi va 2-o‘rinni 103-guruh jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3-o‘rin 208-guruh talabalariga nasib qildi.

Umumjamoa hisobida (erkaklar o‘rtasida)

1-o‘rinni 101-guruh, 2-o‘rinni 102-guruh, 3-o‘rinni 106-guruh qo'lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida (ayollar o‘rtasida)

1-o‘rinni 103-guruh, 2-o‘rinni 203-guruh, 3-o‘rinni 116-guruh talabalari qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblariga Jismoniy madaniyat fakulteti dekani tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.