Andijon Davlat
Universiteti
MUSTAQILLIKNING 30 YILLIGIGA 30 TUHFA
2021-04-14    1659

Bugun, 14-aprel kuni Andijon davlat universitetining san’atshunoslik fakultetida mazkur fakultetning tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Jamshidbek Abdumannopovning “Mustaqillikning 30 yilligiga 30 tuhfa” deb nomlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Jamshidbek Abdumannopov oliy ta’lim dargohiga o‘qishga kirgunga qadar viloyat tasviriy va amaliy san’atga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tahsil olgan. Yog‘och o‘ymakorligi yo‘nalishi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yosh iqtidor egasi bugungi kunda ustozlar ko‘magida rangtasvir, qalam tasvir yo‘nalishlarida ham o‘z bilimlarini boyitib bormoqda. Yoshlarga yaratilgan ulkan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, ijodkorligini namoyish etib kelayotgan Jamshidbek besh muhim tashabbus doirasida tasviriy san’atning bir necha turlari asosidagi o‘z ijodiy ishlarini namoyish etdi.

Ijodiy ko‘rgazmaning ochilishida san’atshunoslik fakulteti dekani, dotsent Charosxon Shakirova ijodkor talabaning iste’dodi va bugungi tadbirning mohiyati haqida gapirdi. Tadbirga Oltinko‘l tumanidagi 16-umumta’lim maktabining 11-sinflari ustozlar yetakchiligida tashrif buyurishdi. O‘quvchilar ko‘rgazmadan zavqlanganliklarini bayon qildilar. Tadbir yakunida universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori dotsent A’zamjon Hamroqulov tomonidan ijodkor talabaga “Tashakkurnoma” va kitoblar jamlanmasi hamda fakultet dekani tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.