Andijon Davlat
Universiteti
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETIDA MINI FUTBOL MUSOBAQASI
2021-04-13    1025

Joriy yilning 15-23 mart kunlari Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetida “21-mart umumxalq Navro‘z” bayrami munosabati bilan jismoniy madaniyat fakulteti o‘g‘il bolalari o‘rtasida sportning Mini futbol turi bo‘yicha “Fakultet kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa jarayonida fakultetining 1-3 bosqich talabalaridan iborat jami 23 ta guruhdan 230 nafar talabalar ishtirok etib o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa bahs va munozaralarga boy, qizg‘in hamda yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Har bir jamoa g‘oliblik uchun bor kuch imkoniyatlarini namoyon etdilar. Musobaqa olimpiya tizimi qur’a natijalariga muvofiq tarzda o‘tkazildi. Ba’zi guruhlarni o‘zaro bellashuvlari murasasiz va ishqibozlar hayajonlariga boy o‘tganligi ham musobaqani qay darajada ko‘tarinki ruhda bo‘lganligi isboti desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Musobaqada turli xil nominatsiyalar joriy etildi.

Jumladan: musobaqaning eng yaxshi darvozaboni, eng yaxshi hujumchisi, eng yaxshi himoyachisi, eng chiroyli gol muallifi kabilar. Musobaqa dasturi bo‘yicha chempion jamoa va nominatsiya  g‘olibligi  quyidagilarga nasib etdi.

 1-o‘rin   302-guruh jamoasiga

 2-o‘rin   201-guruh jamoasiga

                 3-o‘rin   105-guruh jamoasiga nasib etdi.

 

 Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni Obidov Yaxyobek

 Eng yaxshi xujumchisi Karimjonov  Abduqodir

 Eng yaxshi ximoyachisi  Abduraximov Shoxsuvor

 Eng chiroyli gol mua’llifi  Jo‘raev  Abdumajidxon.

Musobaqada g‘olib jamoalarni fakultet dekani Z.Jumaqulov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.Madaminov, FJMS kafedrasi mudiri S.Yuldashev, JMNM kafedrasi mudiri S.Niyazovlar tabriklagan holda musobaqani tashkil etish va o‘tkazishda faol bo‘lgan fakultetning bir qancha  o‘qituvchilari hamda murabbiylariga  o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. G‘olib jamoalarga dekanat tomonidan tashkil etilgan fakultet ko‘chma kubogi, diplom va qimmatbaxo esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ushbu musobaqani tashkil etishda va hakamlik qilishda janbozlik ko‘rsatgan 302-guruh murabbiysi bosh hakam A.Xoliqov, 114-guruh murabbiysi yordamchi hakam O. Karimov, 111-guruh murabbiysi yordamchi hakam J.Ahmedov, 307-guruh murabbiysi yordamchi hakam M.Xodjayev, 303-guruh murabbiysi yordamchi hakam A.Qo‘shmonovlarga fakultet dekani Z. Jumaqulov tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.