Andijon Davlat
Universiteti
“QO‘RQMA”SLIK TAQDIMOTI
2021-04-10    1375

Insoniyat o‘zining ko‘p ming yillik taraqqiyoti davomida yaratgan eng buyuk kashfiyotlaridan biri kitob, albatta. Uzoq zamonlar osha kitob insonlar hayotiga ziyo, nur beruvchi vositaga aylandi. U orqali inson o‘tmishini, bugungi kechmishini va kelajak umidlarini ko‘radi, jamiyatga yetkazadi. Shunday davrlar bo‘ldiki, bir kitob, bir adib butun taqdirlar, millatlar kelajagini o‘zgartirib yubordi, uning ruhiyatini boyitdi. Adabiyot atomdan kuchli, - deya Abdulla Qaxxor balki, shuni nazarda tutgandir. Ushbu iqtibosning davomida aytilganidek, - lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf etmaslik kerak.

Bir vaqtlar jadid ziyolilari orzu qilgan, intilgan va ularning armoniga aylangan ma’rifatli va ozod jamiyat, dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lish bugun ham bizning orzuimiz bo‘lib qolmoqda. Sabab, o‘sha millatimizning qaymoqlari bo‘lgan bir avlod sovetlarning qatag‘on mashinasi qurboniga aylandi. Mash’ala qo‘ldan ketdi, undan so‘ng ko‘p yo‘limizni yo‘qotdik va bugun qayta topgandekmiz. Bugun, jamiyatimizda kitobga mehr, ziyo maskanlariga e’tibor yana qayta jonlanayotgandek. Bugun, qaytadan bir qatlam paydo bo‘ldiki, ertangi kungi taraqqiyotimiz faqatgina jamiyatimiz a’zolarini ma’rifatli qilish bilan bog‘lamoqdalar.

Ana shunday yoshlardan biri Javlon Jovliev tomonidan e’lon qilingan “Qo‘rqma” romani bugun o‘zbek kitobxonlari tomonidan juda katta qiziqish bilan kutib olindi. Asar haqida turli fikrlar va taqrizlar yozilib, e’lon qilinmoqda. Boshqa romanlarni hurmat qilgan holda aytish mumkinki, yaqin vaqtdan buyon o‘zbek adiblari asarlari orasida bunday qo‘lma-qo‘lma bo‘lgan kitob deyarli yo‘q hisobi.

Kuni kecha Andijon davlat universitetida andijonlik kitob ixlosmandalari uchun adib ishtirokida kitob taqdimoti tashkil etildi. “Asaxiy.uz” loyihasi doirasida chop etilgan ushbu kitob taqdimotiga 400 ga yaqin kitobxonlar tashrif buyurgani ham unga bo‘lgan qiziqishni yuqori ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Dastlab, yosh adib asarning tug‘ilishi, uning maqsadi va mohiyati, asarning tarixiy missiyasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Qisqagina kirish so‘zidan so‘ng yig‘ilganlar tomonidan kitob haqida, uning tili, obrazlarning asardagi o‘rni, jamiyatimizdagi bugungi voqelikka qanday ta’sir o‘tkazishi va boshqa turli mavzularda savollar berildi. Uch soatga yaqin davom etgan suhbatda vatan va uning taraqqiyoti, o‘z-o‘zini isloh qilish, bilim va ma’rifatga intilish, bugungi yoshlarning o‘zlari uchun yaratib olayotgan muammolar kabi muhim va qiziqarli mavzular haqida fikrlar bildirildi.

Taqdimot so‘nggida kitob ilosmandalari sevikli adiblari dastxati tushirilgan kitoblarni oldilar.

Bundan tashqari, kitob bayrami doirasida arzonlashtirilgan kitob savdosi tashkil etilib 400 dan ortiq kitoblar o‘z egasini topdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.