Andijon Davlat
Universiteti
RAMAZON OYI - POKLIK OYI
2021-04-10    1086

Ozodalik, poklik, saranjomlik yurtimizni yanada obod va fayzli, ko‘rkam qiluvchi jihatlardan. Yurtimizga muborak ramazon oyi yaqinlashmoqda shu munosabati bilan ushbu muqaddas oyni pokiza holatda kutib olish maqsadida, Bugun, 10-aprel Andijon davlat universitetining "Yoshlar bog'i" hududida Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar yetakchisi M.No'monjonov tashabbusi bilan yoshlar hashari bo'lib o'tdi.

Hasharda Tabiiy fanlar fakultetining 120 ga yaqin ko'ngilli talabalari ishtirok etadilar. Hasharchilar "Yoshlar bog'i"da 100 tup ko‘chat va daraxtlarga bahoriy ishlov berilib, poyalari oqlandi, yo’laklar, ariqlar ichlari supirildi.

Ha, bugun chindan ham hashar ozodalik, saranjomlik, ahillik va hamjihatligimiz ramzi ekani yana bir karra namoyon bo‘lmoqda.

Shu munosabati bilan ushbu hasharni tashkil etishda yaqindan yordam bergan Tabiiy fanlar fakulteti dekani N.X.To'xtaboyev, yoshlar ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Y.B.Tursunovga va Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi O.Olimjonovga hamda hasharda faol ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorchilik bildiramiz.

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.