Andijon Davlat
Universiteti
BIZ TEMUR AVLODLARIMIZ
2021-04-09    1882

Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti tomonidan Sohibqiron Amir  Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan fakultetda “Amir Temur haftaligi” tashkil etildi. Ushbu haftalik doirasida sport musobaqalari, insholar, videoroliklar, devoriy gazetalar ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi.

Joriy yilning 8-aprel kuni Sohibqiron Amir  Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan “Biz Temur avlodlarimiz” shiori osida sportning 100 metrga yugurish, turnikda tortinish, tosh ko‘tarish,  armrestling turlari bo‘yicha guruhlararo musobaqa tashkil etildi. Musobaqa natijalariga ko‘ra,  sportning 100 metrga yugurish bo‘yicha  faxrli 1-o‘rinni 201-guruh talabasi Abdumannobov Javlonbek, 2-o‘rinni 102-guruh talabasi Ismoilov Azimjon, 3-o‘rinni Mansurov Elmurod, tosh ko‘tarish  bo‘yicha 1-o‘rinni 302-guruh talabasi Abdusattorov Shahzodbek, 2-o‘rinni 301-guruh talabasi Mamatov G‘anisher, 3-o‘rinni Ibroximov Muhammadali, turnikda tortinish turi bo‘yicha 1-o‘rinni 202-guruh talabasi Zaynobiddinov Xusniddin, 2-o‘rinni207-guruh talabasi Jaloliddinov Zufarbek, 3-o‘rinni 102-guruh talabasi Abdug‘offorov Abdurauf,  armrestling turi bo‘yicha  1-o‘rinni302-guruh talabasi Abdusattorov Shahzodbek, 2-o‘rinni 301-guruh talabasi Mamatov G‘anisher, 3-o‘rinni 201-guruh talabasi Abdumannopov Javlonbeklar egalladilar.

Shuningdek, fakultetda guruhlararo Amir Temur hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi devoriy gazetalar ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni 201-guruh, 2-o‘rinni 110-guruh, 3-o‘rinni 209-guruh talabalari egalladilar.

Amir Temur hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi videorolik tayyorlash yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan videolar fakultet rasmiy kanaliga joylandi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni 301-guruh talabasi Xasanov Boburjon, 2-o‘rinni 111-guruh talabasi Obidova Guliruxsor, 3-o‘rinni Mamasoliev Botirjonlar qo‘lga kiritdilar. Insholar  tanlovida faxrli 1-o‘rin  111-guruh talabasi Karimova Diyora, 2-o‘rin Sobirov Jamshid, 3-o‘rin  Tabiiy fanlar fakulteti 102-guruh talabasi Arabboev Asliddinlarga nasib etdi.

“Amir Temur haftaligi” doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari, insholar, videoroliklar, devoriy gazetalar ko‘rik-tanlovlarida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hamda jamoat ishlarida faol talabalar diplom va estalik sovg‘alari bilan munosib tarzda rag‘batlantirildi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.