Andijon Davlat
Universiteti
YOSHLAR ITTIFOQI YETAKCHILARI TABIIY FANLAR FAKULTETIDA
2021-04-09    1177

Joriy yilning 8-aprel kuni Andijon davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi yetakchisi O.Olimjonov va barcha fakultet yetakchilari, Tabiiy fanlar fakultetiga targʻibot ishlari maqsadida yigʻildilar. Fakultetining yoshlar bilan ishlash bʻyicha dekan oʻrinbosari Y.B.Tursunov hamda fakultet yetakchisi M.Noʻmonjonov, Yoshlar ittifoqi Kengash a'zolarining barcha guruh yetakchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Ochiq muloqotda, olib borilayotgan yoshlar siyosati bo‘yicha talabalarning fikr-mulohazalari va takliflariga e`tibor qaratildi. Ularga jamiyatdagi boʻlayotgan islohotlar, Prezident saylovoldi harakatlaridagi yoshlarning oʻrni, siyosiy bilimdonligi haqida ma`lumotlar berildi. Muloqot soʻngida har bir fakultet yetakchilari oʻzlarining fakultetlaridagi yutuqlari hamda shart-sharoitlar bilan o'rtoqlashdilar. Yoshlar Ittifoqi barcha yoshlarni birdek qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.

Bugungi ochiq muloqot savol-javob, takliflarga boy tarzda boʻlib o`tdi va talabalar hamda fakultet yetakchilarida katta taassurot qoldirdi. Bu kabi tadbirlar barcha fakultetlarda qizgʻin davom ettirilayotgani talaba yoshlarga bo'lgan e'tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlarning amaliy ifodasi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.