Andijon Davlat
Universiteti
AMIR TEMUR TAVALLUDINING 685 YILLIGI NISHONLANMOQDA
2021-04-09    2172

Bugun, 9-aprel kuni Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan  “Biz Temur avlodlarimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi Andijon viloyat boshqarmasi vakillari, Yoshlar Ittifoqi viloyat kengashi raisi R.Karimov, universitet yoshlar bilan ishlah bo‘yicha prorektori A.Hamraqulov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tarix fakulteti dekani R.Shamsitdinov Amir Temur siymosi, uni tarix zarvarqalarida qoldirgan o‘chmas izlari, davlat boshqaruvidagi amalga oshirgan islohotlari haqida so’zlab, tadbirni ochib berdi. Shuningdek, O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti E.Erkayev va A.Mamajonovlar ham so‘z olib, Amir Temur hayoti haqida qisqacha ma’lumotlar berib, talabalar o‘rtasida kichik viktorina o‘tkazdilar.

 

Tadbirda universitetda tashkil etilgan “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoasi ijodkorlari tomonidan Amir Temur hayoti va uni naqadar adolatli hukumdor bo‘lganligini ko‘rsatib beruvchi sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Tarix fakulteti talabalarining kompazitsion chiqishlari, Amir Temurni madh etuvchi she’rlari yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘ldi.

Talabalar tomonidan ijro etilgan milliy kuy va qo‘shiqlar barchani kayfiyatini ko‘tardi. Shuningdek, tadbirda Asaka tumani 38-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari ham o’zlarining “Palov” deb nomlangan raqslari bilan tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldilar.

Tadbir so’ngida, Tarix fakulteti tomonidan Amir Temur tavallud kuniga bag‘ishlab  o‘tkazilgan “Biz Temur avlodlarimiz” onlayn tanlovi g‘oliblari hamda tadbirda faol ishtirok etgan bir guruh talabalar universitet xodimlari va talabalar kasaba uyushmasi tomonidan kitoblar jamlanmasi va fakultet dekanining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.