Joriy yilning 7-aprel kuni universitetimiz katta majlislar zalida "Bir ziyoli - bir mahallaga ma'naviy homiy" shiori ostida seminar-trening o'tkazildi. Unda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbarining birinchi o'rinbosari M. Quronov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti bosh mutaxassisi R. Tursunov, Toshkent davlat pedagogika universiteti professori R. Eshquvvatov, Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti R. Qo'chqarov, Andijon davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor, dekan o'rinbosarlari, bo'lim boshliqlari va universitetimiz professor-o'qituvchilari ishtirok etdilar.
Seminarni Andijon davlat universiteti Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi rahbari Murodjon G'ofurov ochib berdi hamda yig'ilganlarni kun tartibiga qo'yilgan masalalar bilan tanishtirdi. So'ngra professor M.Quronov ma'naviyatimiz oldida turgan 12 ta masala yuzasidan qilinishi kerak bo'lgan zarur ishlar haqida so'z yuritdi.
Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti Rahmon Qo'chqorovning nutqi tom ma'noda seminarga o'zgacha ruh bag'ishladi. U o'z so'zida jamiyatimizda, har birimizning ko'z o'ngimizdagi ayrim illatlar, jumladan, qudalar o'rtasidagi mazar tashishlar, yoshlarning telefonga mukkasidan ketishi kabilarni sanab, ularga qarshi kurashish lozimligini, bu har birimizning jamiyatimiz oldidagi burchimiz ekanligini aytib o'tdi.
Seminar davomida ishtrokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda o’zlari uchun kerakli ma’lumotlarni oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI