2021-yil 7-aprel kuni Andijon davlat universitetiga I.Arabayev nomidagi Qirg‘iziston davlat universitetidan Beksultanov Jenish Tungatarovich, universitet birinchi prorektori, delegatsiya rahbari, N.A.Madaliev, universitetning O‘sh mintaqaviy instituti direktori, Tursunbay Bakir uulu, universitetning O‘sh mintaqaviy instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professori, N.N.Nuraliev, universitetning O‘sh mintaqaviy instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, tashrif buyurdilar.
Mehmonlarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B.Rasulov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Alimovlar kutib oldilar.
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Alimov va AndDU ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor B.Rasulov mehmonlar bilan universitet kichik majlislar zalida ko’rishib, kelgusi ish rejalari, ilmiy va akademik hamkorlik, talaba va professor o‘qituvchilar bo‘yicha almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, modul tizimi bo‘yicha hamkorlikda ishlash yuzasidan fikr almashishdi. Uchrashuv yakunida yuqoridagai masalalar yuzasidan kelishib olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI