Andijon Davlat
Universiteti
QO'G‘IRCHOQ TEATRIDA “BIZNING TEATR” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
2021-04-07    1105

Bugun, 7-aprel kuni Andijon davlat universitetining majlislar zalida “Bir ziyoli mahallaga ma`naviy homiy” tamoyili asosida seminar-trening bo`lib o`tdi. Unda professor-o`qituvchilar ishtirok etdilar. Seminardan so`z olganlar mahallaga biriktirilgan professor-o`qituvchilarning asosiy vazifalari va ular olib borayotgan ish rejalari haqida alohida to`xtalib o`tildi.

Bugun, 7-aprel kuni Andijon viloyati Qo'g‘irchoq teatrida “Bizning teatr” deb nomlangan amaliy suhbat ushrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Andijon davlat universitetining Fuqarolik jamiyati kafedrasi o‘qituvchisi F.Nurmetova va Tarix fakultetining madaniyat va san’at muassasalarini boshqarish hamda ijtimoiy-madaniy faoliyat yo‘nalishi talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Qo'g‘irchoq teatri direktori Ro‘ziyev Mansur, teatr bosh rejissori Dilmurod Shayxov va katta rejissor Abdumanon Xamidovlar yosh talabalarga teatr haqida ko‘plab ma’lumotlar berdilar. Shuningdek, Qog‘irchoq teatri aktirisasi Kibriyo Kamolova ham kasb mahorati va aktyorlik etikasi haqida tushunchalar berdi.
Tadbir davomida ijtimoiy-madaniy faoliyat yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Hamdamov Ro‘zimuhammad, madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yo‘nalishi talabalari Ahmadshoyev Boburshox va Mirpozilov G‘ayratbeklar yosh ijodkor sifatida tengdoshlariga erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdilar.

Tadbir yakunida, Fuqarolik jamiyati kafedrasi o‘qituvchisi Fazilat Nurmetova ham o‘tkazilgan tadbir haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.