Andijon Davlat
Universiteti
PEDAGOGIKA FAKULTETIDA "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O'YINI O'TKAZILDI
2021-04-07    1001

Bugun, 7-aprel kuni Pedagogika fakultetida 1-2 kurs talabalari o’rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi o‘tkazildi. Tadbirni pedagogika fakulteti dekani M.To‘rayev ochib berdi va barcha jamoalarga omad tiladi.

3 bosqichda o‘tgan bilimlar bellashuvida 4 ta jamoa o‘zlarining intellektual sohadagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ushbu intellektual o‘yinga pedagogika fakultetining professor-o‘qituvchilaridan iborat tajribali hakamlar hay’ati tayinlandi. Jamoalar o‘yin davomida qizg‘in va murosasiz baxs olib bordilar. Intellektual o‘yin yakunida “Liderlar” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladilar va fakultetlararo bo‘lib o‘tgan “Zakovat” intellektual o‘yiniga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Tadbir so‘ngida, jamoalarga estalik sovg‘alari va diplom, g‘olib bo‘lgan jamoaga “Zakovat” kubogi topshirildi.

Hilola Yuldasheva
Pedagogika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.