Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA BESH MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA ANDIJON FESTIVALI O‘TKAZILDI
2021-04-06    1349

Bugun, 6-aprel kuni Andijon davlat universitetida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida besh muhim tashabbusning Andijon festivali o‘tkazildi.

Ushbu festivalda Andijon viloyati hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyat mudiri Elyorbek Holmirzayev, viloyatdagi OTM rektorlari va prorektorlari, Andijon davlat universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.

Dastlab mehmonlar festivalning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar. Unda so‘z olganlar Andijon davlat universitetida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib, o‘tkazilayotgan festival ham aynan yoshlarni iste’dod va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilganligini ta’kidlab o‘tdilar.

Shundan so‘ng, festival universitetda tashkil etilgan “Nihol” talabalar ansamblining sozanda va xonandalarining kuy-qo‘shiqlariga ulanib ketdi. Festivalda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etdi. Jajji qizaloqlar tomonidan ijro etilgan raqslar yig’ilganlarning yuzlariga kayfiyat ulashdi.

Mehmonlar universitetda kitobni targ’ib etish, sport, tasviriy san’at va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan tanishdilar. Ayniqsa, tasiriy san’at fakulteti talabalari tomonidan chizilgan sur’atlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg’otdi. Talabalar o‘zlari chizgan san’at asarlarini mehmonlarga esdalik uchun hadya etdilar.

Tadbir so‘ngida, talaba qizlarni milliy qadryatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va milliylikni keng targ‘ib etish maqsadida universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan milliy liboslar namoyishi o‘tkazildi.  

Bir so‘z bilan aytganda, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan festival chinakam yoshlar bayramiga aylanib, barchada birdek taassurot qoldirdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.