Andijon Davlat
Universiteti
TARIX FAKULTETI TALABALARI QO‘QONDA
2021-04-04    1160

Bugun, 4-aprel Andijon davlat universiteti Tarix fakultetining “Xumo” talabalar teatr jamoasi Qo‘qon shahrida sayohatda bo‘ldilar. Jamoaning erishgan yutuqlari va universitet tadbirlaridagi faol ishtirokini munosib taqdirlash va jamoani qo‘llab –quvvatlash maqsadida universitet rektori va kasaba uyushmasi rahbari tomonidan safar xarajatlari to‘liq ta’minlab berildi.

Erta tongdan yo‘lga chiqqan jamoa Qo‘qon shahrining tarixiy, madaniy ko‘ngil ochar joylar, teatr va kino maskanlarda bo‘lishib, Qo‘qon shahrining uzoq yillik tarixi, madaniyati bilan yaqindan tanishdilar. 

Bunday sayohatlar talabalarda yangi kuch, yangi zafarlarga ilhom bag‘ishlashiga, bilimlarini yuksaltirishiga amaliy xizmat qila oladi deb o‘ylaymiz. 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.