Bugun, 28-mart kuni O'zbekiston matematiklari jamiyati hamda Andijon viloyat XTB tashabbuslari bilan atoqli olim, differensial o'yinlar nazariyasi bo'yicha O'zbekiston maktabi asoschisi, akademik No'mon Yunusovich Satimov xotirasiga bag'ishlab, Baliqchi tuman 1-umumta'lim maktabida Andijon viloyatining 80 dan ziyod matematika fani o'qituvchilari o'rtasida fan olimpiadasi o'tkazildi.
Unda universitetimiz o'qituvchilari A.Toxirov, S.Axmedov, F.Arziqulov, N.Umrzaqov, T.Ibaydullayev, T.Nishonov, H.Qo'shaqov, A.Abdullayev, B.Jo'rayev, A.Akbarovlar hay'at a'zolari sifatida ishtirok etdilar.
Olimpiada qizg'in, taassurotlarga boy o'tdi. Uning ochilish marasimida Abdulla Azamov va viloyat XTB boshlig'i Azizbek Mirkomilovlar mazmunli ma'ruzalar qilib, bu kabi tadbirlarning maktablarda matematika ta'limini rivojlanishida katta ahamiyatli bo'lishini ta'kidladilar.
Olimpiada yakunlariga ko'ra, g'oliblarga tashkilotchilarning qimmatbaho sovg'alari va diplomlar topshirildi. Tadbir davomida universitetimiz o'qituvchisi Abdulla Azamov qatnashchilarga maktablarda matematika darslarini tashkil etish bo'yicha mahorat darsi o'tib berdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI