Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ TALABASI XALQARO TANLOV G'OLIBI
2021-03-23    1305

20-mart “Xalqaro Frankofoniya kuni” munosabati bilan Butunjahon Fransuz tili o‘rganuvchilar assosiatsiyasi, Lion klubi, Frankofoniya Mamlakatlari Xalqaro Tashkiloti (OIF) tomonidan “Frankofon ayollar, barqaror ayollar” mavzusida sovrin jamg‘armasi 3000 yevroni tashkil etuvchi “Frankofoniya markazlarining yosh qalamkashlari” xalqaro tanlovi o‘tkazildi.

140 dan ortiq yoshlar ishtirok etgan ushbu tanlov koronavirus pandemiyasi sababli joriy yilning 20-mart kuni onlayn tarzda Frankofoniya Mamlakatlari Xalqaro Tashkiloti (OIF)ning facebookdagi sahifasida jonli efirda o‘tkazildi.

Mazkur xalqaro tanlovda Andijon davlat universiteti chet tillari fakulteti fransuz tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 301-guruh talabasi Rahimova Mubina o‘zining “Altruizm” mavzusidagi inshosi bilan ishtirok etdi.

Tanlov g’oliblari M6 jurnali jurnalisti Karin Guyok va La-Frankofoniya Bosh kotibi Luiza Mushikivoning ishtirokida aniqlandi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, 19-22 yosh toifasida Mubina Rahimova faxrli 1-o‘ringa loyiq deb topildi va AMICIF tashkilotining 500 yevro miqdorida pul mukofoti va sertifikatni qo‘lga kiritdi. Ushbu muvaffaqiyat bilan talabamizni va uning ustozlarini tabriklaymiz hamda kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz.                                   

#LaFrancophonieAvecElles #Mon20mars

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.