Andijon Davlat
Universiteti
HASHAR - ELGA YARASHAR: ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA UMUMXALQ HASHARI O'TKAZILDI
2021-03-13    1494

Ozodalik, poklik, saranjomlik yurtimizni yanada obod va fayzli, ko‘rkam qiluvchi jihatlardan. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi.

Bugun, 13-mart kuni butun mamlakatimizda “Navroʻz” umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish, hamda uni munosib kutib olish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Erta tongdanoq mamlakatimizning barcha mahallalari, aholi turar joylarida, mehnat jamoalari, tashkilot va muassasalarda hashar uyushqoqlik bilan boshlanib ketdi.

Shu jumladan, Andijon davlat universiteti hududida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Ushbu ezgu ishda barcha universitetning 80 nafar professor-oʻqituvchilari, 245 nafar xo'jalik bo'limi xodimlari va 200 dan ziyod Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining ko’ngilli faol talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Universitetning xo‘jalik bo‘limi hodimlari tomonidan universitet atrofi tozalandi, universitet hududidagi 4800 tup ko‘chat va daraxtlarga bahoriy ishlov berilib, poyalari oqlandi, umumiy 8.4 gektardan ortiq maydon va yo’laklar, ariqlar ichlari supirildi. Hamma fakultetlar o‘qituvchi-professorlari o‘zlariga biriktirilgan joylarga mevali va manzarali daraxtlar ekdilar.

Ha, bugun chindan ham hashar ozodalik, saranjomlik, ahillik va hamjihatligimiz ramzi ekani yana bir karra namoyon bo‘lmoqda.

 

 

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.