Bugun, 5-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish hamda Intellektual mulk muxofazasi va himoyasi” mavzusida seminar o’tkazildi.
Seminarda Andijon davlat universiteti, Andijon davlat qishloq xo’jaligi instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti hamda Andijon mashunasozlik institutlarining professor-o’qituvchilari va yosh olimlari seminarda ishtirok etdilar.
Seminar davomida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi vakillari Rahmonov Sunnatulla va Ergasheva Feruzalar tomonidan “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish”, “Intellektual mulkning patentga layoqatliligi", talabnomalar mazmuni va ularni topshirish, IMOga huquqiy muhofazani ta’minlash shartlari” to’g’risida ma’ruza qildilar.
Shuningdek, seminar qatnashchilari o'zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi. Seminar yakunida olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.
Seminardan so’ng Intellektual mulk agentligi vakillari S.Rahmonov, F.Ergashevalar, Andijon mashinasozlik institutidan B.Bekqulov hamda Andijon davlat universiteti professori R.Aliyev, Ilmiy innovatsion ishlar bo’yicha prorektor B.Rasulov, Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi boshlig’i N.Yakubovlar universitetimizning “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” o’quv-ilmiy laboratoriyasi ga tashrif buyurishdi.
Laboratoriyada o’zining ilmiy izlanishlarini olib borayotgan yosh olimlar, magistrlar hamda iqtidorli talabalar bilan suhbatlashdilar. Ilmiy jamoa yutuqlari va yangi ilmiy ishlanmalar bilan tanishdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI