Bugun, 3-mart kuni Andijon davlat universitetining 2-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlarni mustaqil oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “8-mart -Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan universitet xotin-qizlar kengashi tomonidan 2-son TTJda yashovchi talaba-qizlar o’rtasida “Orasta qizlar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlov davomida qizlar pazandachilik, maishiy sohadagi bilim va malakalari, badiiy adabiyot mutolaasi, oʻz qiziqishlari va ijodkorlik mahoratlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
Koʻtarinki va bayramona ruhda oʻtgan koʻrik-tanlov soʻnggida ishtirokchi qizlarning barchasi universitet rahbariyati hamda xodimlar va talabalar kasaba uyushma qoʻmitasining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar:
Tanlov natijalariga ko’ra, 1-o’rinni Fizika-matematika fakulteti 2-kurs talabasi Akbaraliyeva Jumagul egalladi. Tabiiy fanlar fakulteti 1-kurs talabasi Patidinova Namuna 2-o’rinni egallagan bo’lsa, Tarix fakulteti 1-kurs talabasi Sayfutdinova Xurshida 3-o’ringa loyiq deb topildi.
Ushbu tanlov universitetning boshqa TTJlarida ham o’tkazilmoqda.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI