Bugun, 2-mart kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Akramjon Yuldashev raisligida 1-mart kungi Bosh vazir o‘rinbosari B.Musaev boshchiligida talabalar yashash sharoiti va harakatlanishi monitoringini yo‘lga qo‘yish va bu boradagi ishlarni takomillashtirish masalasida videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash va bu bo’yicha universitetda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan muhokama yig’ilishi o’tkazildi.
Unda prorektorlar, fakultet dekanlari va o’rinbosarlari, kafedra mudirlari, murabbiylar kengashi raislari, TTJlar tarbiyachilari va nazoratchilari ishtirok etdilar.
Muhokamada, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Talabalar yashash sharoiti va xarakatlanishi monitoringini yo‘lga qo‘yish va bu boradagi ishlarni takomillashtirish” yuzasidan qo‘shma qarori mazmuni to’liq tushuntirildi.
Shuningdek, universitet rektori talabalar bilan ishlashda bu guruh rahbarini ishi deb tashlab qo'ymaslik kerak ekanligini, bu borada barcha birdek mas'ul ekanligini ta'kidlab, Bosh vazir o’rinbosari B.Musaev boshchiligida o’tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar yuzasidan har bir hudud kesimida talabalar turar joylari va ijaradagi talabalarning yashash sharoiti va turar joyi holatini, ayniqsa yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik talablariga mos kelishini to‘liq tanqidiy va tahliliy o‘rganish, barcha guruhlarda talabalarga birlamchi yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo‘yicha yetarli tushuntirishlar berish lozimligi, ijarada turadigan talabalar bilan guruh murabbiylari, profilaktika inspektorlari va mahalla mas’ullari tomonidan hamkorlikda olib boriladigan profilaktik tadbirlar qamrovi va sifatini oshirish bu borada barcha birdek mas’ul ekanligini yana bir bor ta’kidladi va universitetimizda qilinishi kerak bo’lgan ishlarni belgilab berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI