Bugun, 22-fevral kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ketmonov Xatamjon Abduraxmonovich, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, komissiya raisi Ro‘zmetov Rahmatjon Ibodullayevich boshchiligida 21 nafar a’zolaridan iborat komissiya universitetimizga tashrif buyurdi.
Ushbu tashrifdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 470-son qaroriga muvofiq Andijon davlat universitetini tashqi baholashdan o‘tkazishdir.
Attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha o‘rganishlar joriy yilning 22 fevral - 4 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bugun dastlab universitet katta majlislar zalida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ketmonov Xatamjon Abduraxmonovich raisligida tashkiliy masalalarga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Unda o‘rganish guruhi a’zolari, prorektorlar, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari ishtirok etdilar.
Yig’ilishda Xatamjon Ketmonov hamda Rahmatjon Ro'zmetovlar so’z olib, Andijon davlat universitetini tashqi baholashdan o‘tkazish tartibi va mezonlari, bu bo’yicha qilinishi kerak bo’lgan ishlar to’g’risida ma’lumot berib o’tdi.
Ishchi guruhni Andijon davlat universitetini tashqi baholash bilan bog’liq yangiliklarni berib borishda davom etamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI