Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETDA YOZUVCHI, OLIMLAR VA SHOIRLAR ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI O'TKAZILDI
2021-02-16    4714

Avval xabar berganimizdek, bugun universitetimizga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sultanov Xayritdin Madriddinovich tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Andijon davlat universitetining faollar zalida yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar bilan suhbatlashdi.

Dastavval, universitetimizga tashrif buyurgan mehmonlarni san‘atshunoslik fakultetining "Nihol" talabalar ansambli milliy kuy-u qo‘shiqlar bilan kutib oldi. Shundan so'ng, katta majlislar zalida tadbirning asosiy qismi boshlandi.  Ushbu tadbirni universitetimiz rektori A.S.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sultanov Xayritdin Madriddinovich so‘zga chiqib, yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash, buning uchun tarixni yaxshi o‘rgatish, bu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Minhojiddin Mirzo o‘z so‘zida adabiyot maʼnaviyatning ajralmas qismi ekanligi, adabiyot shunday qudratli va ulugʻvor kuchki, undagi ezgulik, yaxshilik, oliyjanoblik, mehr-oqibat, samimiy doʻstlik singari tuygʻular insonni barkamollik sari yetaklashini ta‘kidlab o‘tdi.

Shuningdek tadbirda, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari, taniqli yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar ham so'zga chiqib, bir-biridan go‘zal she‘rlari bilan tadbirga yanada ko'tarinkilik ulashdilar.

Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchilari esa o‘zbek she‘riyatining yorqin vakillari she‘rlaridan namunalar va o‘z qalamiga mansub she'rlaridan o‘qib berdilar. Ushbu tadbirda faol ishtirok etgan ijod maktabi o‘quvchilari Prezident maslahatchisi tomonidan kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Bu kabi uchrashuv va ochiq muloqotlar yoshlarni vatanparvarlik tuyg'usini yuksalishiga, barkamol avlod bo'lib kamol topishiga xizmat qiladi

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.