Andijon Davlat
Universiteti
BOBUR - AVLODLAR ARDOG’IDA
2021-02-11    4521

Shu kunlarda yurtimizda shoh va shoir, Andijon farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi nishonlanmoqda. Keng jamoatchilik, adabiyotshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar, tarixchilar ishtirokidagi nazm va navo kechalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari o’tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataluvchi Andijon davlat universitetida o’tkazildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyotini keng o’rganish va yosh avlodga yetkazish maqsadida “Bobur - avlodlar ardog’ida” mavzusida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda universitet rektori Akramjon Yuldashev, professor o’qituvchilar, dekanlar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirni universitet rektori Akramjon Yuldashev kirish so’zi bilan ochib berdi hamda Bobur ijodini jahon hamjamiyatida tutgan beqiyos o’rni haqida aytib o’tdi. Tadbirda filologiya fakulteti talabalari Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan ruboiylar, g’azallaridan namunalar o’qib berdilar. San’atshunoslik fakulteti talabalaridan iborat “Nihol” ansambli esa Bobur g’azallari asosida tayyorlangan kuy-qo’shiqlardan ijro etdi. 

Universitetda o’tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasalari vakillarining ishtirok etishi so’nggi vaqtlarda an’ana tusiga kirib bormoqda. Bu safar Oltinko’l tumanidagi 26-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tadbir ishtirokchilari bo’ldi. Jajji bolajonlar tomonidan ijro etilgan raqslar tadbirga ko’tarinkilik ulashdi hamda barchani olqishiga sazovor bo’ldi.

Tarix fakultetining “Xumo” talabalar teatr studiyasi ijodkorlari tomonidan namoyish etilgan Zahiriddin Muhammad Bobur hayotini aks ettiruvchi sahna ko’rinishlari Boburni nafaqat shoir sifatida, balki davlat rahbari sifatida qilgan ulkan ishlarini ko’rsatib bera oldi.

Shuningdek, filologiya fanlari doktori Bahodir Rahmonov so’zga chiqib, Z.M.Bobur butun dunyo ahlini hanuz yetuk shaxs va ijodkor sifatida hayratga solib kelayotgani, shunday buyuk dahoning andijonlik ekani, universitetimizning Bobur nomi bilan atalishi har birimiz uchun sharaf va ayni paytda mas’uliyat ekanligini ta’kidladi.

Tadbir so’ngida universitet rektori faol ishtirok etgan, ushbu tadbirni tashkillashtirishga o’z hissasini qo’shgan barchani Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari bilan taqdirladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.