Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITET REKTORI AKRAMJON YULDASHEV IZBOSKAN AGROSANOAT TEXNIKUMIGA BORDI
2021-02-10    3653

Bugun, 10-fevral kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev Andijon davlat universiteti huzuridagi Izboskan agrosanoat texnikumi faoliyatini kompleks o‘rganish maqsadida ushbu texnikumga bordi.

Universitet rektori texnikumda mavjud 5 ta 4-professional ta’lim darajasidagi mutaxassislik o’quvchilari bilan ular oldidagi mavjud muammolar, tashkil etilayotgan darslar sifati, o‘quvchilarning kelgusi rejalari bo’yicha suhbatlashdi, fikrlarini o‘rgandi. Har bir sinf xonasiga kirib, binoning isitish tizimi holatini to‘liq ko‘zdan kechirdi.

Mutaxassisliklar bo‘yicha laboratoriya hamda amaliyot xonalarini sozligi, kompyuter xonalarini axborot texnologiyalari jihozlari bilan ta’minlanganligi, moddiy-texnik bazasini o’rganib, aniqlangan muammo va kamchiliklar bo’yicha mutassadilarga topshiriqlar berdi. Berilgan topshiriqlar bo'yicha qat'iy nazorat olib borilishi belgilandi.

Universitet rektori shuningdek, texnikumning sport zalini ham ko‘zdan kechirib, zalning hozirgi holati umuman talabga javob bermasligini, yil davomida to‘liq ta'mirlash bo‘yicha mas'ullar oldiga vazifalar qo‘ydi.

Bundan tashqari rektor texnikum direktori bilan ushbu bilim yurtida 2021-yilda amalga oshirish lozim bo‘lgan ishlar, strategik rivojlantirish rejasi bo‘yicha suhbatlashdi va tegishli topshiriqva takliflar berdi.

Rektorning universitet huzuridagi texnikumlarni o‘rganish bo‘yicha ishlari davom etadi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.