Andijon Davlat
Universiteti
ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 580 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TALABALAR TURAR JOYIDA TADBIR O'TKAZILDI
2021-02-09    1778

Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetining 2-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba qizlar tashabbusi bilan g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomizning tavallud kuni munosabati bilan 2-talabalar turar joyining ma’naviyat xonasida “Navoiy hayoti va asarlarida axloq masalasi” mavzusida badiiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni fakultet dekani, yuridik fanlari doktori, professor T.T.Madumarov ochib berdi. Alisher Navoiy g’azallari asosida kuylangan navolarga fakultetning talaba qizlari tomonidan tayyorlagan bir-biridan ajoyib raqslar barchaga birdek manzur keldi. Shundan so’ng boshlovchilar va bir guruh talaba qizlar Navoiy hazratlarining g’azallarini ifodali tarzda o’qib, yig’ilgan mehmonlar o’rtasida g’azalxonlik oqshomini o’tkazdilar.

Talabalar tomonidan sahnalashtirilgan Navoiy hazratlarining hayotidan parcha, “Dono savdogar” nomli sahna ko’rinishi tomoshabinlarga namoyish etildi, bu sahna ko’rinishi orqali Navoiy hazratlarining nafaqat buyuk alloma, balki uning odamiylik, insoniylik hamda axloqiy fazilatlarini barchamiz uchun o’rnak bo’la olishini ko’rsatib berdilar.

Tadbir so’nggida fakultet dekani, yuridik fanlari doktori, professor T.T.Madumarov hamda  ishtirokchilar va tashabbuskor talabalarni diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.