Andijon Davlat
Universiteti
VOLEYBOL BO’YICHA “REKTOR KUBOGI” G’OLIBLARI TAQDIRLANDI
2021-02-09    1479

Xabaringiz bor, 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan universitet professor o’qituvchilari o’rtasida voleybol bo’yicha “Rektor kubogi” uchun baxslar o’tkazilgan edi. Bugun, 9-fevral kuni “Rektor kubogi” sohiblarini tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Unda universitet rektori Akramjon Yuldashev, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Azamjon Hamraqulov, universitet kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Mirzabahrom Botirovlar ishtirok etdilar.

Dastavval, universitet rektori 3-o’rinni egallagan Chet tillari fakulteti jamoasi hamda 2-o’rinni egallagan Axborot texnologiyalari fakulteti jamoalarini medallar  va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Shundan so’ng 1-o’rinni egallagan Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti jamoasiga rektor kubogi hamda oltin medallar topshirildi. Shuningdek, g’oliblar Kasaba uyushmasining qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.