Andijon Davlat
Universiteti
VILOYATIMIZDA ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 580 YILLIGI KENG NISHONLANMOQDA
2021-02-09    1770

Alishеr Navoiy milliy ma’naviyatimiz timsoli, bashariyat badiiy tafakkuri rivojiga bеmisl ta’sir ko’rsatgan ulkan ijodkor, xalqimizning faxr-u g’ururidir.

Bu yil Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Ta’lim muassasalari va tashkilotlarda Navoiy hayotini va ijodini o’rganish, yoshlar orasiga keng tatbiq etish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, nazm va navo kechalari, davra suhbatlari o’tkazilmoqda. Joriy yilning 9-fevral kuni sana munosabati bilan Andijon shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Ushbu tadbirda Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, navoiyshunos olimlar, faxriylar, tashkilot va muassasa rahbarlari, ziyolilar, maktab o’quvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir viloyat hokimining Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yishi bilan boshlandi. Shundan so’ng, so’zga chiqqan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Alishеr Navoiyning sеrqirra ijodi asrlar mobaynida insoniyatni ezgulikka, hamjihatlikka, ilm-ma’rifatga chorlab, xalqimiz uchun chеksiz faxr-iftixor timsoli bo’lib kеlayotganini e’tirof etdi.

Universitetimiz professor o’qituvchilari filologiya fanlari doktori Bahodir Rahmonov, professor Salimaxon Mirzayeva, adabiyotshunos olim Halim Karimovlar ham so’zga chiqib, Navoiyning hikmatlarga to’la dostonlari, ruboiylari hеch qachon ahamiyatini yo’qotmasligi, shuning uchun ham shoirning boy adabiy mеrosiga bo’lgan hurmat va ehtirom yuksalib borayotgani, uning ijodiy mеrosi dunyoning ko’plab mamlakatlarida katta qiziqish bilan o’rganilayotgani ta‘kidladilar. Tadbirda yoshlar vakillari ham so'zga chiqdi. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Saidabonu Abdusalomova Navoiy g'azallaridan parchalar o'qib berdi.

Tadbir so’ngida universitetimiz talabalari ham Navoiy shaxsiga hurmat izhor qilib uning haykali poyiga gul qo’ydilar.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.