Andijon Davlat
Universiteti
CHET TILLARI FAKULTETIDA “NAVOIYXONLIK” KECHASI O’TKAZILDI
2021-02-08    1599

Bugun, 8-fevral kuni Andijon davlat universiteti Chet tillar fakulteti 2-bosqich talabalari oʻrtasida so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi munosabati bilan "Navoiyxonlik" kechasi boʻlib oʻtdi.

Badiiy kechani fakultet dekani Rustamov Dilshodbek Abduvobidovich ochib berdi, “Insonni goʻzal qiladigan bu-ma’naviyat, ma’naviyat bezagi bu adabiyot” deya ta’rif berib o’tdilar.

Nazm va navoxonlik kechasida talabalar o’zlari yod olgan Navoiy qalamiga mansub g’azal va ruboiylarni yig’ilganlarga o’qib berdilar. Talabalar tomonidan ijro etilgan  goʻzal raqslar kechaga bayramona shukh ulashdi. “Alisher va Guli suhbatidan” sahnalashtirilgan parcha barchaga birdek manzur keldi. Ayniqsa, talabalar tomonidan sahnalashtirilgan “Husayn Bayqaro va Alisher” obrazlari tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi.

Shuningdek, talabalarning Navoiy ijodidan nechog’lik boxabar ekanliklarini bilish maqsadida tomoshabinlar orasida blits so’rovlar o’tkazildi.

Tadbir so’ngida Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Matqulov Hosilbek Mavlonovich so’zga chiqib, tadbirda ishtirok etgan barchaga o’z minadorchiligini izxor etdi va faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar jamlanmasi hamda faxriy yorliqlarni topshirdi.

Obida Xasanova, Gulchiroy Odilova
Chet tillar fakulteti talabalari
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.