Andijon Davlat
Universiteti
ALISHER NAVOIY DAHOSIGA EHTIROM!
2021-02-06    1706

Bugun, 6-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida  Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy dahosiga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

 

Unda Viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig’i maslahatchisi No‘monjon Shokirov, Oqava suvlarni monitoring qilish sektor mudirasi Mansurova Maxliyo Patidinovna, Tabiiy fanlar fakulteti professor o’qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.

 

O’zbek adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri Zokirjon Mamajonov Alisher Navoiyni qoldirgan ulkan adabiy merosi, uning asarlarida ulug’langan komil inson g’oyalari haqida yig’ilganlarga so’zlab berdi.

 

Fakultet talaba qizlari o’zlari yod olgan Navoiy g’azallarini ifodali o’qib berdilar. Talabalar ijrosidagi kuy-qo’shiqlar, go’zal raqslar tadbirga joziba ulashdi. Talabalar ijrosida Navoiyning “Hamsa” asaridan parchalar namoyish etildi. Ayniqsa talabalar tomonidan “Alisher va Guli” monologi obraz jihatidan maromiga yetib ijro qilindi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.