Andijon Davlat
Universiteti
DEKAN KUBOGI SOHIBLARI ANIQLANDI
2021-02-06    1618

Bugun, 6-fevral kuni Chet tillar fakulteti sport zalida sportning futbol turi boʻyicha Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani kubogi uchun o‘tayotgan musobaqalarda fakultetning 2-bosqich talabalari oʻrtasidagi o‘yinlar o‘tkazildi.

Musobaqaga Jismoniy madaniyat fakulteti oʻqituvchisi Abduxoliq Xoliqov hakamlik qildi. 2 bosqich talabalari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha dekan kubogi uchun musobaqada fakultet 2 bosqich talabalaridan jami 6 ta jamoa shakllanib ular oʻzaro baxslashdilar musobaqa olimpiya usulida oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan musobaqaning “A” guruhida Amaliy psixologiya 202 guruh jamoasiga qarshi Pedagogika va psixologiya 203 guruh jamoasi bellashib, amaliy psixologiya jamoasi 4-1 hisobda gʻalaba qozondi hamda musobaqaning yarim final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Musobaqaning “B” guruhida esa MG‘MAHT 2-bosqich jamoasi Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi 2-bosqich jamoasiga qarshi bahs olib borib, yakunda MG‘MAHT yo‘nalishi jamoasi 5-1 hisobda gʻalaba qozondi va yarim finalga chiqdi.

Yarim final bahslarida jamoalar oʻrtasida murosasiz kurash kechib, Amaliy psixologiya 202-guruh jamoasiga qarshi Amaliy psixologiya 201-guruh jamoasi uzaro kuch sinashdilar va natijada amaliy psixologiya 201-guruh jamoasi final bosqichi ishtirokchisiga aylandi.

Keyingi yarim final oʻyinida Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi jamoasi Pedagogika va psixologiya jamoasiga qarshi o‘yin olib bordi va Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi jamoasi o‘rtasidagi o‘yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa 2-1 hisobi bilan Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yo‘nalishi jamoasi gʻalaba qozondi.

Musobaqaning final o‘yinida Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi hamda Amaliy psixologiya 201 jamoasi uzaro kuch sinashdilar. Asosiy vaqtda durang natija qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa 1-0 hisobi bilan Milliy gʻoya maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi jamoasi musobaqaning mutloq gʻolibiga aylandi.

Musobaqada ishtirok etgan barcha ishtirokchilarni va gʻolib boʻlgan jamoalarni fakultet dekani professor T.T.Madumarov qimmatbaho sovgʻalar va diplom tashakkurnomalar bilan taqdirladi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.