Avval xabar berganimizdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Yusuf Absoatov hamda vazirlik Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori Mirzohid Botirovlar Andijon viloyatida boʻlib, oliy taʼlim muassasalarida yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosi hamda yoshlar bilan ishlash holatini oʻrgandilar.
22-yanvar kuni Andijon davlat universiteti kichik majlislar zalida oʻrganish yakunlari boʻyicha viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarining yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda dastlab Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomasi hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishida koʻrsatilgan vazifalar, oliy taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlashda amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi tanqidiy tahliliy ruhda koʻrib chiqildi. Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari bilan birma-bir muloqot qilindi.
Oʻtgan yilda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni toʻgʻri yoʻnaltirish, kitobxonlik targʻiboti boʻyicha qilingan ishlar hisoboti hamda yuqorida berilgan vazifalar boʻyicha qilinishi lozim boʻlgan ishlar, yoshlar maʼnaviyatini oshirish boʻyicha aniq rejalari soʻraldi. Uchrashuv soʻnggida viloyat oliy taʼlim muassasalari yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari ishini doimo muvofiqlashtirib turish, oʻzaro tajriba almashish maqsadida Andijon viloyati oliy taʼlim muassasalari Yoshlar bilan ishlash boʻyicha koordinatorini saylash masalasi koʻrildi. Andijon mashinasozlik instituti Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat boʻlimi boshligʻi Muhtarama Holiqova Yoshlar bilan ishlash boʻyicha koordinator etib saylandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI