Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar boʻyicha oʻrinbosari Yusuf Absoatov xizmat safari bilan Andijon viloyatida boʻlib turibdi. 22-yanvar kuni Vazir oʻrinbosari Andijon davlat universitetiga kelib, ushbu oliy taʼlim dargohida yoshlarga oid davlat siyosatining ijrosi hamda yoshlar bilan ishlash holatini oʻrgandi.
Yusuf Absoatov dastlab universitetda tashkil etilgan “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi” bilan tanishdi.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishida
“Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy taʼsiri boʻlmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga oʻrgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur,” – degan edi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Universitetdagi ushbu muzey yoshlarni vatanparvar etib tarbiyalash, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishda muhim maskan hisoblanadi.
Muzey eksponatlari haqida muzey direktori, professor Rustambek Shamsutdinov toʻliq maʼlumotlar berdi. Vazir oʻrinbosari barcha eksponatlarni koʻzdan kechirar ekan, ushbu muzeyni oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan shu turdagi muzeylar ichida boy va sermazmunligi bilan ajralib turishini, mavzuni yaxlit ifoda etib berishda yagona ekanini, eng asosiysi unda eksponatlar orqali milliy ruhni ifoda etish kuchliligini eʼtirof etdi.
Muzeydagi adabiyotlarni birma-bir ko'zdan kechirar ekan, ushbu adabiyotlarni audio formatda yaratish va QR-kodli qilib muzey uchun alohida innovatsion kutubxona tashkil etish taklifini berib, buning uchun vazirlik tomonidan amaliy ko'mak berilishini ham takidlab o'tdi.
"Ushbu muzeyga talabalarni ota-onalarni olib kelish kerak. Ular ham kelsin ko'rsin chunki ma'naviyat oiladan boshlanadi. Bu muzeyni butun repsublikaga yoyish kerak, boshqa viloyat yoshlari ham kelib bu yerdagi eksponatlar bilan tanishsin, Yoshlarimiz bilishi kerak bizni tariximiz qanday bo'lgan, kimlar shu yurt uchun jonini tikkan." - deydi Yusuf Absoatov.
Vazir oʻrinbosarining universitetimizni oʻrganish bilan bogʻliq xabarlarni uzatishda davom etamiz.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI